Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH hukumati dunyodagi eng qimmat dorini ishlab chiqarishga ruxsat berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: UPI

Foto: UPI

Preparat Hemgenix deb nomlanadi, u CSL Behring’s kompaniyasiga tegishli. Dori gemofiliya (qon ivishiga sabab bo‘ladigan ba‘zi oqsillarning yetishmasligidan kelib chiqadigan tug‘ma va irsiy kasallik) tashxisi qo‘yilgan bemorlarda qo‘llaniladi. Hemgenix’ning bir dozasi 3,5 million dollarga baholangan bo‘lib, preparat yordamida bemor muntazam infeksiyalardan xalos bo‘ladi.

Dori gen terapiyasiga asoslangan bo‘lib, jigarda qonni sintez qilishga yordam beradi. Eng qimmat dori-darmonlarning aksariyati gen terapiyasiga asoslangan, masalan, Zolgensma, orqa miya mushaklari atrofiyasini davolaydi. Mazkur preparat 2019-yilda chiqarilgan bo‘lib, 2,1 million dollarga baholangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)