Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Uchtepa tumanida kommunal to‘lovlar uchun undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkatlar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ma’lum bo‘lishicha, “N.N.”, “M.S.”, “B.S.”, “S.K.” va “I.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moddiy javobgar shaxslari hududdagi xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 413,9 million so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Yunusobodda kommunal to‘lovlar uchun undirilgan 237,2 mln so‘mni o‘zlashtirgan shirkat aniqlandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi