Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr energiyani ikki baravar qisqartirdi. Bu haqda Tasnim news xabar berdi.

Foto: Shafaqna

Foto: Shafaqna

Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) elektr kompaniyasi bosh operatsion direktori Safiulloh Ahmadzay so‘nggi kunlarda O‘zbekiston Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr quvvati hajmini ikki baravarga 430 megavattdan 200 megavattgacha kamaytirganini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston buning sababini mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish qurilmalaridagi texnik nosozlik bilan izohladi. O‘zbekiston bu muammoni uch kun ichida hal qilamiz, deb va’da qilgan bo‘lsa-da, bu holat hamon saqlanib qolmoqda”, — deydi Ahmadzay.

Rasmiyning ta’kidlashicha, O‘zbekistondan elektr energiyasi importini kamaytirish maqsadida Breshna kompaniyasi Tojikiston va Turkmaniston bilan aloqada bo‘lib, bu davlatlar yordamida elektr ta‘minotini qoplamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 13-noyabrda O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish vaqtinchalik uzilgandi. Afg‘onistondagi 13 viloyat, jumladan, Kobulda elektr energiyasi O‘zbekistondan import qilinishi hisobiga ta’minlanadi. Qo‘shni respublika elektr energiyasini Eron, Turkmaniston va Tojikistondan ham import qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...