Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angren shahri hokimi Alisher Raimovning tadbirkorni haqoratlagani eshitilgan audio tarqalgandi. Toshkent viloyati hokimligi unga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Toshkent viloyati hokimligi Odob-axloq komissiyasining 19-noyabrdagi yig‘ilishida davlat xizmatchisi uchun nomaqbul so‘zlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuv tarqalgani ko‘rib chiqilib, tegishli chora ko‘rish uchun viloyat hokimi Zoir Mirzayevga taqdimnoma kiritilgan edi.

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning 24-noyabrdagi farmoyishiga binoan Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga rioya qilmagani, davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgani uchun Angren shahar hokimi Alisher Raimovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi