Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘pchilik oqargan sochlarni yashirmaslik uchun katta jasorat va o‘ziga ishonch kerak deb hisoblaydi. Biroq kulrang sochlar har qanday ayolga joziba bag‘ishlaydigan chiroyli aksessuar ekanligini isbotlovchi ayollar bor. Quyidagi qahramon buni o‘z misolida tasdiqlashi mumkin.

Kerolayn Labusher haqiqatan ham baxtli emasdi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Kerolayn Labusher Londonda tug‘ilgan. Bolaligida otasi uni tashlab ketgan, shuning uchun qiz o‘ziga nisbatan ishonchsizlik bilan katta bo‘ladi. 2 farzandi bor 30 yoshli ona o‘zining go‘zalligi va jozibadorligini anglamasdi. U allaqachon oqara boshlagan sochlarini bo‘yash orqali keksalikka qarshi kurashardi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
Intervyularining birida Labusher shunday deydi:
Men oynaga unchalik qaramasdim. Menimcha, hatto to‘y kunimda ham o‘zimni go‘zal his qilmaganman. Yoshligimda kimdir meni suratga olayotganini ko‘rsam, doim yuzimni teskari o‘girardim. O‘zimni hech qachon hozirgidek go‘zal his qilmaganman.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Uning hayotdagi rejalari juda oddiy edi. U intervyusida aytganidek:

Men maktabni yoqtirmasdim, 16 yoshimda o‘qishni tashladim. Le Cordon Bleu maktabida pazandachilik va tikuvchilik kursida o‘qidim. Menda hech qanday kasbiy rejalar yo‘q edi, faqat sayohat qilishni, turmush qurishni va oilali bo‘lishni xohlardim.
Bir voqea ayolning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Umidsizlik va o‘ziga nisbatan ishonchsizlik butun umri davomida Labusherni ta’qib qilgandek tuyuladi — birdan ayol o‘ziga boshqa ko‘z bilan qarash imkoniga ega bo‘ladi.

2017-yilning noyabrida uning model bo‘lib ishlaydigan qizi Ameliya xo‘jayini sochi oqargan model qidirayotganini aytib qoladi. “Men model emasdim, lekin sochlarim oq edi”, deb eslaydi Labusher.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hozirda  o‘sha baxtli voqeadan yillar o‘tib, Labusherning suratlari Britaniyaning Vogue jurnalida chop etilmoqda.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Oqargan sochlar uning hashamatli aksessuariga aylandi.

Labusher 40 yoshdaligida tashqi ko‘rinishini normal deb hisoblagan va qarish bilan kurashishga bor kuchini sarflagan. Ayol oqargan sochlarini bo‘yagan, reklama qilingan qarishga qarshi kremlardan foydalangan, yuzni parvarish qilgan, botoks va fillerdan ukol olgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ammo 2017-yilda model bo‘lish imkoniyati tufayli Kerolayn nihoyat o‘zini qabul qildi. U shunday deydi:

Men qari ko‘rinishni xohlamasdim. Ammo hozir 20-30 yoshimga qaraganda ancha ishonchli va jasurroqman. Tadbirlarga yolg‘iz boraman va deyarli hamma narsaga “ha” deyman. Menimcha, erkaklar hali ham yosh ayollarni yaxshi ko‘rishadi. Men hozirda ham e’tiborni torta olaman, lekin meni qari deya ko‘rmang.
Boshqa bir intervyusida Labusher o‘zining tabiiy go‘zalligini quyidagicha ta'riflagan: “Menimcha, yoshim o‘tgan sayin yaxshi ko‘rinishni boshladim. Negadir kulrang sochlarim menga ishonch bag‘ishlaydi”.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hozir Labusher hayotdan zavqlanib, ayollarga amaliy maslahatlar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqdagi tarjimai holida Labusher shunday deb yozgan:

Men har doim o‘zimni ko‘rsatishdan qo‘rqardim. 58 yoshimda, nihoyat, men bunga erishdim.
U o‘zining kulrang sochlari bilan faxrlanadi va mashhur jurnallardagi ko‘rinishi bilan odamlarni hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi.

U turmush o‘rtog‘i Devid bilan birga ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan, ammo hozir ular Dubayda yashaydi va hayotdan to‘liq zavqlanishadi. Model bugungi kuni bilan yashaydi, hatto kelajak uchun katta rejalar tuzmaydi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Labusher yaxshi kosmetolog topish va tarkibida retinol bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish muhimligini ta'kidlaydi. U doimiy ravishda dekorativ kosmetikadan foydalanishga qarshi va kundalik makiyajni yoshlarning haqiqiy dushmani deb hisoblaydi. Kerolayn kamdan kam hollarda bo‘yanadi va ko‘p shakar iste'mol qilmaydi. Bundan tashqari, u barcha ayollarga faol hayot tarzini olib borishni va o‘zlarini sevishni tavsiya qiladi.

Mavzuga doir:

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)