Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro I.K. (muqaddam sudlangan) 3 nafar fuqaroni 38 ming dollar evaziga go‘yoki Koreya elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali ushbu davlatga ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 6 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departamentning Chirchiq shahri bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.F. fuqaro M.A.ni tanishlari yordamida 3 500 dollar evaziga Latviyaga ishga yuborishini aytib, shundan 3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlar qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)