Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kundalik tashvishlar butun e’tiborimizni olib qo‘yishi mumkin, shuning uchun ba’zida to‘xtab, dam olish juda muhimdir. Bu borada filmlar bizga kerakli rohat va kayfiyatni berishi mumkin — paypoq kabi issiqqina va yoz quyoshi singari yorqin. Bugungi ro‘yxat aynan shunday filmdan iborat: ular ilhomlantiradi, umid uyg‘otadi, biroz xafa bo‘lishga imkon beradi, lekin oxir-oqibat ko‘nglingizga huzur bag‘ishlaydi.

“Nonushta” klubi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7.8

Shanba kuni ertalab besh nafar o‘rta maktab o‘quvchilari jazoni o‘tamoqda: ular kelajakda bo‘lishlari haqida insho yozishlari kerak. Dastlab barcha yigitlar bir-biriga begona bo‘lsa-da, film davomida ularning taqdiri va xatolarini tushunib, til topishib, yaqin do‘st bo‘lib qolishadi. Bu o‘smirlar komediyasi, lekin siz o‘ylagandek emas. Ushbu samimiy, kulgili va ajoyib hazillari bilan ajralib turadi.

“Pettigryu xonim”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7

Ginevra Pettigryu o‘ziga xos xarakterga ega — ehtimol shuning uchun u hech bir joyda muqin ishlay olmaydi. Yana ishdan bo‘shatilgach, bandlikka ko‘maklashish markazidagi kotiba stolidan qidirayotgan yosh aktrisaning tashrif qog‘ozini o‘g‘irlaydi va u bilan ishga joylashadi. Tez orada eksantrik yulduz va Ginevra do‘st bo‘lishadi, ikkala qizning hayoti har tomonlama porlay boshlaydi.

“Toni Erdmann”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7.3

Inesning muvaffaqiyatli karyerasi bor, lekin anchadan beri oilasi bilan ko‘rishmaydi. Uning otasi ham bunday munosabatdan mamnun emas. Natijada hazilkash ota qizi bilan yaqinlashishga qaror qiladi, lekin o‘ziga xos uslubda — o‘zini Toni Erdmann ismli biznesmen deb tanishtiradi.

“Mona Liza tabassumi”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 6.5

Yosh o‘qituvchi o‘z shahrini tark etib, xususiy ayollar kollejida san’at tarixidan dars beradi. U o‘z o‘quvchilariga turli odatlarga bo‘ysunishga majbur emasligi, ayol faqatgina rafiqa va ona bo‘lish uchungina dunyoga kelmaganligi, o‘z hayotini o‘zi qurishi mumkinligi haqidagi fikrlarni yetkazishga harakat qiladi. Ammo ilg‘or Ketrinning qarashlari kollej direktori — konservativ ayolning fikridan farq qiladi, u bunday beadablikni qabul qilmaydi.

“Soatlar”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

 IMDb reytingi: 7.5

Oldinda 3 ta mutlaqo boshqa ayolning hayotida bir kun turibdi: yozuvchi Virjiniya Vulf, 50-yillardagi uy bekasi Laura va bizning davrimizda yashayotgan adabiy muharrir Klarissa. Bir qarashda ularning taqdiri bir-biriga bog‘liq emas, lekin filmning oxiriga kelib, hikoyaning 3 ta ipi bir-biriga bog‘lanadi.

“Tarjima mashaqqati”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7.7

Ikki notanish odam Tokioda — Bob mashhur aktyor, Sharlotta moda fotografining rafiqasi. Bu sevgi haqidagi hikoya, lekin “ular bir umrga baxtli bo‘lishdi” deb yakunlanuvchi voqea emas. Bu hikoyani his qilish uchun davomida Bill Myurrey va yosh Skarlett Yoxanssonning ajoyib aktyorlik tandemiga qoyil qolishingiz mumkin.

“Bu juda ajoyib hikoya”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7.1

Kreyg ismli o‘smir ruhiy tushkunlikdan aziyat chekadi, u o‘smirlik davridagi muammolardan bosim ostida qoladi, ota-onasi esa uni jiddiy qabul qilmaydi. Yigit ruhiy salomatligini yaxshilash uchun klinikaga boradi va u erda odamlar bilan uchrashadi, ularning har biri o‘z hikoyasiga ega. Hamfikr yangi tanishlar bilan muloqot Kreygga o‘z hayotiga boshqacha qarashga yordam beradi.

“Yo‘lda”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7

Bert va Verona farzandli tez orada bo‘lishadi. Bo‘lajak ota-onalar yashash uchun eng zo‘r joyni topish va chaqaloqni tarbiyalashni boshlash uchun sayohatga chiqishadi va yo‘lda allaqachon ota-onaga aylangan bir nechta eski tanishlarinikida mehmon bo‘lishadi.

“Erin Brokovich”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7.4

Erin Brokovich — sobiq mahalliy go‘zallik tanlovi g‘olibi va hozirda 3 farzandning ishsiz onasi. U advokatlik firmasida oddiy ishga joylashadi va ish ko‘lami kengaygan sari Erin nima bo‘lishidan qat'i nazar uni oxirigacha bajarishga qaror qiladi. Ushbu filmda bosh rolni o‘ynagan maftunkor Julia Roberts uni nafaqat yaxshi film, balki o‘ziga ishonch haqidagi haqiqiy hitga aylantirdi.

“Vaqtlararo sayohatchining rafiqasi”

Foto: AdMe

Foto: AdMe

IMDb reytingi: 7.1

Genri — kutubxonachi, agarda kam uchraydigan kasalligi bo‘lmasa, uni oddiy odam deb atash mumkin edi. Kasallik tufayli u beixtiyor vaqtlararo sayohat qiladi va u qayerga va qancha vaqt harakatlanishiga bog‘liq emas. Bunday sayohatchi bilan yashash oson ish emas, lekin Genrining baxtiga mehribon xotini Kler bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda tadbirkorlar himoyasi yanada kuchaytiriladi 
Dunyo
Ukraina mudofaa vaziri G‘arbning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududini o‘qqa tutmaslikka kafolat berdi
Mahalliy
“Muhojirlik boshingizga tushmas ekan, Vatan nimaligini bilolmaysiz” — Navbahor Imomova Amerikadagi diasporalar haqida gapirdi