“Soliq” mobil ilovasida 2022-yil boshidan 1 887 370 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 500 mingdan ortig‘i “Keshbek”, “O‘zini o‘zi band qilish”, “Soliqlarni to‘lash”, “Soliq hamkor” kabi xizmatlarning aktiv foydalanuvchilari hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha:
- “Soliq” mobil ilovasi Google Play va AppStore ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng ommabop mobil ilovalar reytingining TOP-15 taligida;
- Similarweb, DigitalRank(TM) ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda “Moliya” toifasidagi eng ommabop mobil ilovalar reytingining top-5 taligida qayd etilgan.
Izoh (0)