Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Pro-Liganing 24-turidan o‘rin olgan “Andijon” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 28-oktabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Uchrashuv mehmonlarning hujumkor o‘yini boshlandi. 4-daqiqada Ibrohim No‘monov hisobni ochdi. Biroq “Andijon” darhol muvozanatni tiklashga erishdi. 10-daqiqada Shahboz Erkinov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Muborakliklar yana faollikni oshirdi va bu safar 20-daqiqada Saidmahmudxon G‘ulomov gol urdi. Birinchi bo‘lim “Mash’al” foydasiga hal bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda “Andijon” fa0lroq harakat qila boshladi. Dastlab, 55-daqiqada Goron Milochko muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 75-daqiqada Shahboz Erkinov andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada esa Erkinov het-trikni rasmiylashtirdi va uchrashuvdagi yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa “Andijon” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 54 taga yetkazib, Pro-Liga chempionligini qo‘lga kiritdi va Superliga yo‘llanmasini hal qildi.

Pro-Liga

24-tur bahsi

“Andijon” — “Mash’al” 4:2

Gollar: 0:1 — 4 Ibrohim No‘monov, 1:1 — 10 Shahboz Erkinov, 1:2 — 20 Saidmahmudxon G‘ulomov, 2:2 — 55 Goron Milochko, 3:2 — 75 Shahboz Erkinov, 4:2 — 82 Shahboz Erkinov.

“Andijon”: 46. Xurshid Xo‘jayev, 5. Abdulvohid G‘ulomov, 9. Bogdan Milich, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhodjon Sohibjonov, 20. Milochko Goron, 21. Ildar Mamatkazin, 22. Shahboz Erkinov, 26. Muhammadkarim Toirov, 29. Suhrob Berdiyev, 66. Ilhomjon Alijonov.

“Mash’al”: 35. Doston To‘xtaboyev, 2. Zafar Akramov, 4. Muhammadali Nomozov, 5. Najmiddin Normurodov, 6. Zafarbek Akramov, 9. Sobit Sindarov, 11. Ibrohim No‘monov, 14. Saidmahmudxon G‘ulomov, 16. Mikola Agapov, 23. Samandar Shukurillayev, 87. Nurjahon Muzaffarov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi