• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Sarimsoq qachon zaharga aylanadi: uni iste’mol qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

    Shifokorlar immunitetni mustahkamlash uchun sovuq mavsumda sarimsoq iste’mol qilishni maslahat beradi. Ushbu mahsulot ko‘plab taomlarning ajralmas qismi bo‘lib, u o‘ziga xos ta’m va achchiqlik beradi. Biroq ba’zida sarimsoq odamlar salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. “Noviy ochag” nashri sarimsoq qanday hollarda foyda emas, aksincha zararga ishlashi mumkinligi haqda so‘z yuritdi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Sarimsoqning foydalari

    Sarimsoq E, C, K, B6 vitaminlariga boy, tarkibida xolin, kalsiy, magniy, fosfor, temir, marganets va mis mavjud. Shuning uchun ham u juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega.

    Ma’lumki, sarimsoq immunitetni mustahkamlaydi. Ilmiy tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi — har kuni sarimsoq iste’mol qilish epidemiologik mavsumlarda kasallanish xavfini kamaytirishi, kasallikning davomiyligini qisqartirishi va simptomlarning og‘irligini yemgillashtirishi mumkin. Sarimsoq yuqori nafas yo‘llarining kasalliklarida foydalidir, uning faol moddalari balg‘amni suyultiradi va uni tezda chiqarib tashlashga yordam beradi.

    Shuningdek, sarimsoq ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va metabolizmni tezlashtiradi. Boshqa narsalar qatorida, sarimsoq tarkibidagi moddalar guruhi safroni suyultiradi va ko‘p yog‘ miqdori tufayli hosil bo‘lgan o‘t pufagidagi toshlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

    Mahsulot qon tomirlariga foydali ta’sir ko‘rsatadi, xolesterin darajasini pasaytiradi, qon tomirlarining devorlarini elastik qiladi, aterosklerozning, shuningdek, qon quyqalari shakllanishining oldini oladi. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, olimlar har kuni sarimsoq iste’mol qilgan odamlarda yaxshi xolesterin darajasi taxminan 8 foizga oshganini, yomon xolesterin darajasi esa 4 foizga kamayganligini ko‘rsatdi.

    Bundan tashqari, sarimsoqdan erkak va ayollarda urogenital sohadagi muammolar uchun foydalanish tavsiya etiladi. Dezinfeksiyalash xususiyatlari tufayli u yallig‘lanish jarayonlarini yo‘q qiladi.

    Ammo faqat xom sarimsoqlar dorivor xususiyatlarga ega. Pishirilgan sarimsoq o‘z samaradorligini sezilarli darajada kamaytiradi.

    Sarimsoqning zararlari

    Turli xil foydali xususiyatlariga qaramay, xom sarimsoq ham odamlar uchun zaharli bo‘lishi mumkin. Agar u ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, jigarga zarar yetkazadi. Uni me’yorda qabul qilish esa, aksincha, jigar saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

    Sarimsoq vodorod sulfidini o‘z ichiga oladi, miya uning ko‘p miqdoridan aziyat chekadi, asab impulslarining uzatilishi, uyqu, ko‘rish va eshitish qobiliyati pasayadi. Shu bilan birga, o‘rtacha miqdorda vodorod sulfidi qon tomirlarining devorlarini qoplaydigan silliq mushaklarni bo‘shashtiradi, spazmni yengillashtiradi, yurak xuruji va insult ko‘rinishidagi oqibatlarning oldini oladi.

    Sarimsoq, dori kabi, o‘z dozasiga ega: kuniga ikki bo‘lakdan ko‘p emas. Odatda yosh bolalar uchun ushbu mahsulot tavsiya etilmaydi.

    Quyidagi holatlarda sarimsoqni ratsiondan chiqarib tashlash kerak:

    Oshqozon yarasi, surunkali pankreatit, gastritda sarimsoq sharbati oshqozon-ichak trakti organlarining devorlariga agressiv ta’sir ko‘rsatadi. Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan odamlarda bu kasalliklarning kuchayishiga va hatto oshqozon yoki ichakning yupqalashgan devorlarining teshilishiga olib keladi. Afsuski, bu juda xavfli holat.

    Sog‘lom odamning och qoringa sarimsoq iste’mol qilishi mumkin emas.

    Oltingugurtli birikmalar tufayli mahsulot qonni kuchli suyultiradi. Xuddi shu sababga ko‘ra, sarimsoqni ayollarga hayzdan, operatsiyadan oldin va keyin, tish shifokoriga borishni rejalashtirgan bemorlar, qon ketishga moyil bo‘lganlar uchun tavsiya etilmaydi.

    Oshqozon osti bezining yallig‘lanish kasalliklarida ham sarimsoqni ratsiondan chiqarish lozim, chunki sarimsoq surunkali yallig‘lanish yoki og‘riq xurujlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.

    Sarimsoq ba’zida odamlarda toshma, qichishish, teri qizarishini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, allergiyasi bor bemorlarda sarimsoq astma xuruji, shish va anafilaktik shokka olib kelishi mumkin. Albatta, bu holatlar inson hayotiga tahdid soladi va shoshilinch tibbiy yordam talab qiladi.

    Mavzuga doir:

    • Go‘shtni sevib iste’mol qiluvchilar uchun qo‘llanma: yangi va sifatli qiymani qanday tanlash kerak?
    • Kakaoning inson organizmiga qanday foydali jihatlari mavjud?
    • Mavsum mevasi: xurmoning inson organizmi uchun 9 ta foydali xususiyati

    10.10.2022, 18:48   Izoh (0)   22669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaxshi kayfiyat uchun vitaminlar: stressga qarshi qanday kurashish kerak?

    10.10.2022, 09:58

    Organizmda muhim vitamin va minerallar yetishmasligining 9 ta belgisi

    09.10.2022, 09:40

    Go‘shtni sevib iste’mol qiluvchilar uchun qo‘llanma: yangi va sifatli qiymani qanday tanlash kerak?

    08.10.2022, 17:21

    Grippga qarshi vaksina haqida bilib qo‘yish kerak bo‘lgan 3 ta fakt

    08.10.2022, 13:50

    Darhol voz keching: yostiqning salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 7 ta belgisi

    07.10.2022, 21:46

    Bolaning tishi chiqayotganda tana harorati necha kun davomida yuqori bo‘ladi?

    07.10.2022, 11:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.