Moldova hukumati Rossiyaning 10-oktabr kuni ertalab Ukraina shaharlariga bergan zarbalarini qoraladi, deb xabar berdi Meduza.
Moldova tashqi ishlar vazirligi Qora dengizdagi Rossiya harbiy kemalaridan uchirilgan, Kolbasna qishlog‘i va Soroka shahri yaqinida mamlakat hududidan uchib o‘tgan uchta raketa Moldova havo hududini buzganini ma’lum qildi.
Moldova Respublikasi bu voqeani o‘ta jiddiy va qayg‘uli deb hisoblaydi. Bu, albatta, qo‘shimcha kuchlanishni keltirib chiqaradi. Milliy havo hududimizni buzishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Qo‘shni davlatni bombardimon qilish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.Rossiyaning Kishinyovdagi elchisi Oleg Vasnetsov zudlik bilan vaziyatga tushuntirish berish uchun Moldova Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.Moldova tashqi ishlar vazirligi