7-oktabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Islandiyaning Loftleidir kompaniyasi vitse-prezidenti Erlendyur Svavarsson boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda turli sohalardagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari muhokama qilingan.
Xususan, tomonlar havo transporti sohasidagi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini barpo etish hamda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish loyihalariga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish masalalarini ko‘rib chiqqan.
Kompaniya rahbariyati xorijdagi sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, O‘zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etish, shuningdek, ushbu sohalarda tadbirkorlarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.