Formula 1 poygachisi Maks Ferstappen Yaponiya gran-prisida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 2022-yilgi mavsum chempionligini muddatidan avval hal qildi.
Bu Red Bull poygachisi uchun faoliyatidagi ikkinchi chempionlik bo‘ldi. Niderlandiyalik 2021-yilda ham chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Maks mavsumdagi g‘oliblik bo‘yicha Fernando Alonso, Mik Hakkinen, Emerson Fittipaldi, Grem Hill, Jim Klark va Alberto Askari bilan tenglashib oldi.
Yaponiyadagi gran-prida Ferstappen faoliyatidagi 32-g‘alabani qo‘lga kiritdi va bu borada Fernando Alonso bilan tenglashdi. Faqat Lyuis Hemilton (103), Mixael Shumaxer (91), Sebastyan Fettel (53), Alen Prost (51) va Ayrton Senna (41) bu borada undan oldinda.
Yaponiyadagi gran-pri joriy mavsumdagi 18-poyga bo‘ldi. Maks ularning 12 tasida g‘alaba qozondi. Ferstappen 2022-yilgi mavsumda yana bir poygada g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Fettel va Shumaxerning rekordini takrorlaydi. Mavsum tugashiga hali 4 ta musobaqa bor.