Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak 2022-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofotining Rossiya va Belarus huquq himoyachilariga berilishini tanqid qildi, deya xabar qiladi Meduza.

Foto: aa.com.tr

Foto: aa.com.tr

“Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchinchisiga hujum qilgan ikki davlat vakillariga birgalikda topshirilishini inobatga olsak, Nobel qo‘mitasining “tinchlik” so‘ziga nisbatan tushunchasi qiziqarli ekan”, — deb yozdi Podolyak Twitter’da.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, na Rossiya, na Belarus tashkilotlari urushga qarshilik ko‘rsatishni tashkil qila olmadilar. “Bu yilgi Nobel shunchaki super”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga doir: Tinchlik bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi