• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tinchlik bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

    Tinchlik bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti Rossiyaning “Memorial” huquqni himoya qilish tashkiloti (u Rossiyada sud qarori bilan rasman tugatilgan), belaruslik huquq himoyachisi, “Vyasna” huquqni himoya qilish markazi raisi Ales Belyatskiy hamda Ukrainaning “Fuqarolar erkinliklari markazi” tashkilotiga berildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.

    Foto: Twitter / @NobelPrize

    Foto: Twitter / @NobelPrize

    “Tinchlik mukofoti sovrindorlari o‘z mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati vakillaridir. Ko‘p yillar mobaynida ular hukumatni tanqid qilish va fuqarolarning asosiy huquqlarini himoya qilish huquqini yoqlab keldi. Ular harbiy jinoyatlar, inson huquqlari buzilishi va hokimiyatning suiiste’mol qilinishini hujjatlashtirish uchun katta kuch sarfladi. Ularning barchasi birgalikda tinchlik va demokratiya uchun fuqarolik jamiyatining ahamiyatini namoyon qiladi”, — deyiladi qo‘mita bayonotida.

    2022-yilgi Nobel haftaligi 3-oktabrda boshlandi. An’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha mukofot g‘oliblari e’lon qilindi. 2022-yilda shved olimi Svante Paabo “yo‘q bo‘lib ketgan gomininlar genomi va inson evolyutsiyasiga oid kashfiyotlar” uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.

    4-oktabr kuni esa fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Bu yilgi mukofot uch nafar olim — Alen Aspe (Fransiya), Jon F. Klauzer (AQSH) va Anton Zaylingerga (Avstriya) “chigal fotonlar bilan tajriba o‘tkazgani, Bell tengsizliklarining buzilishini aniqlagani va kvant informatikasidagi kashfiyotlari” uchun berildi.

    5-oktabrda amerikalik Karolin Bertotssi va Barri Sharpless hamda daniyalik Morten Meldal kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari deb e’lon qilindi. Olimlar “klik-kimyo va bioortogonal kimyo uslublarini ishlab chiqqani” uchun mukofotlandi.

    6-oktabr kuni adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti g‘olibi e’lon qilindi. Uni fransuz yozuvchisi Anni Erno “jasorat va klinik aniqlik bilan inson xotirasining manbalari, kollektiv cheklovlari va begonalashuvini ochib bergani uchun” qo‘lga kiritdi.

    10-oktabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini kim olgani e’lon qilinadi.

    Mukofotlarni topshirish marosimi 10-dekabrda — mukofot ta’sischisi Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi. Odatda sovrindorlar mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ishtirokidagi tantanali marosimda shaxsan qabul qilib oladi. Biroq 2020 va 2021-yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli, marosim videoformatda o‘tkazilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga Rossiyaning “Novaya gazeta” nashri bosh muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist, Rapple muxolifatchi sayti rahbari Mariya Ressa sazovor bo‘lgandi.

    07.10.2022, 14:35   Izoh (0)   18112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rossiyani fojiadan, rus armiyasini bo‘lsa xo‘rlikdan qutqarish imkoningiz haliyam bor”. Ukraina Mudofaa vaziri rus harbiylarini zudlik bilan jangdan bosh tortishg...

    07.10.2022, 14:14

    Aliyev yil oxirigacha Armaniston bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkinligini aytdi

    07.10.2022, 13:12

    Yaponiya Qodirov va Shoyguning oila a’zolariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

    07.10.2022, 12:42

    “Putin yadro qurolidan foydalanish haqida gapirganda hazillashmaydi” — Bayden

    07.10.2022, 12:22

    BMTda Shinjondagi uyg‘urlarga nisbatan jinoyatlarni tekshirishga 19 ta davlat qarshi chiqdi, ular orasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ham bor

    07.10.2022, 11:47

    Zaporojyega uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi (foto)

    07.10.2022, 11:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.