Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida 6-oktabr kuni favqulodda baxtsiz hodisa yuz berib, tarbiyalanuvchi I.J. (2018-yilda tug‘ilgan) vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 4 yoshli tarbiyalanuvchi I.J. tashkilot hududidagi bolalar o‘yin maydonidagi temir aylanada o‘ynagan va ehtiyotsizlik natijasida hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar olgan. O‘limning aniq sababi va vaqti aniqlanmoqda.

Ayni paytda ish prokuraturaga o‘tkazilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ehtiyotsizlik oqibatida voqea sodir bo‘lgan vaqtdagi mas’ul shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo‘llanadi.

Mazkur baxtsiz hodisa tufayli 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimidan ozod etilib, viloyat Maktabgacha ta‘lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llangan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligining mas’ul xodimlari holatni nazoratga olgan.

“Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan bunday holatlar takrorlanmasligi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida respublikadagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘yin maydonchalarida joylashgan xavfli temir konstruksiyalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularni demontaj qilish, shuningdek, idoraviy qurilish me’yorlari va talablariga muvofiqlashtirish topshirig‘i berildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi