Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligiga aniq tashxis qo‘yish imkonini beruvchi sinamalarni tavsiya qildi.

Ta’kidlanishicha, o‘pka faoliyatini izdan chiqaruvchi sil mikobakteriyasi xastalik qo‘zg‘atuvchisi sanaladi. Tahlillarga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb to‘rtdan bir qismida ana shu infeksiyalar mavjud. Bunday bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash esa kasallik profilaktikasi va muolajasi samaradorligini oshiradi.

Shundan kelib chiqib, JSST ilk bor infeksiyani yuqtirgan bemorlarni tuberkulyoz mikobakteriyalari antitanalari asosida aniqlash imkonini beruvchi yangi sinamalar turkumini tavsiya qildi. Mutaxassislar Hindistonning Cy-Tb, Rossiyaning Generium va Xitoyning Anhui Zhifei Longcom kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan uchta yangi diagnostika vositasi ta’sir kuchi hamda xavfsizligini baholadi.

Natijada tavsiya etilgan ana shu testlar an’anaviy tuberkulin teri sinamalariga nisbatan aniqlik darajasi yuqoriligi va xavfsizligi bilan ustun ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yakunda JSST ekspertlari har uchala testdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, kattalar hamda OIV bilan kasallangan bemorlarda sil kasalligini aniqlashda foydalanish mumkin, degan xulosaga keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati