Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Brendreyding asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Biolan” tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar bermoqda

Foto: Intellektual mulk agentlgi

Foto: Intellektual mulk agentlgi

Rossiyada faoliyat yurituvchi “B.K.E.” tadbirkorlik subyekti O‘zbekiston Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashiga murojaat qilgan. 

Unda “Biolan” tovar belgisi brendreyding asosida “Q.A.” MCHJ nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgani va ushbu tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topilishi lozimligi bildirilgan.

Apellyatsiya kengashi tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida “Biolan” tovar belgisi “B.K.E” tomonidan 1993-yilda Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlangan. 

Shuningdek, bugungi kunga kelib ushbu tovar belgisi 30 dan ortiq davlatlar, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorus, Moldova davlatlarida huquqiy muhofazaga olingan.

“Biolan” tovar belgisi “Q.A.” MCHJ tomonidan brendreyding asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. 

Apellyatsiya kengashi ushbu tovar belgisi iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgi degan xulosaga kelib, unga berilgan guvohnomani haqiqiy emas deb topdi.

Avvalroq Tide brendining kontrafakti aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi