Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Markaziy banki delegatsiyasi moliyaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Italiya Markaziy bankiga tashrif buyurdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Ta’kidlanishicha, Italiya Markaziy banki tajribasini o‘rganish bilan birgalikda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash sohasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Xususan, o‘zaro muhokamalarda quyidagi mavzularga asosiy e’tibor qaratildi:

  • mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarining moliyaviy malakasini oshirish;
  • xotin-qizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • pul muzeylari yordamida aholining moliyaviy dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek qiziqarli shaklda o‘qitish orqali sohaga qiziqtirish.
  • maktablarda moliyaviy ta’limni joriy etish;
  • 15 yoshdan katta talabalarning moliyaviy savodxonligi darajasini aniqlashda Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) tadqiqotida ishtirok etish;
  • moliyaviy savodxonlik bo‘yicha loyihalarni monitoring qilish va samaradorligini baholash tizimini yaratish.

Qayd etilishicha, chet ellik hamkasblar bilan muhokamalar davomida O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha so‘nggi ikki yil ichida amalga oshirilgan tashabbus va loyihalar alohida e’tirof etilgan. 

Shuningdek, edutainment shaklidan foydalanib tashkil etilgan faoliyat yuqori baholangan.

Markaziy bank tashrif natijasida o‘rganilgan tajriba moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish doirasida regulyativ tashabbuslarni joriy etishda ustuvorlik bilan qo‘llanilishini ma’lum qildi.

Avvalroq Markaziy bank 15 ta bankka 31 ta ko‘rsatma xat yuborgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi