Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Balx viloyatining Hayraton portida 5-oktabr, chorshanba kuni  O‘zbekiston chegara qo‘shinlari ofitserlari “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy Mudofaa vazirligining rasmiy Twitter sahifasi ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvda tomonlar har qanday qarama-qarshiliklarni muloqot orqali hal qilishga kelishib oldi, chegarachilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va aloqa mexanizmlari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ikki davlat vakillari chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlarining oldini olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasiga DDD polkovnigi Xoliq Nazar, “Tolibon” harakatidan — 209-al-Fath armiya korpusi chegara qo‘shinlari 6-brigadasi qo‘mondoni Mansur Mavlaviy boshchilik qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqada ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov