Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Butun dunyoda inflyatsiya o‘sib, tanazzul yaqinlashmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlik kuchaymoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: UN News

Foto: UN News

Biz tiklanish o‘rniga tanazzulga yaqinlashyapmiz. Jiddiy muammolarga duch kelmoqdamiz: inflyatsiyaning o‘sishi, katta qarzlar, tengsizlikning kuchayishi, qashshoqlik, to‘qnashuvlar va yonayotgan sayyora, — dedi u.

Guterrish shu munosabat bilan inqirozga qarshi kurashish va barqaror tiklanishni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

BMT bosh kotibi tomonidan taklif etilgan chora-tadbirlarga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va muqobil yoqilg‘i turlarini izlash kiradi.

Shuningdek, dunyo barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga intilishi va bu borada rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berishi kerak, dedi BMT bosh kotibi.

Uning fikricha, dunyo ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi daromadlar tafovutini to‘xtatishi kerak, buning uchun “kuchlar va resurslar balansi”ni o‘zgartirish zarur.

Bularning barchasida parlamentlar bizning almashtirib bo‘lmaydigan hamkorlarimizdir. Keling, ko‘proq barqarorlik va osoyishtalik hukm suradigan dunyoni barpo etish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilaylik, — deya qo‘shimcha qildi BMT bosh kotibi.

Avvalroq Rossiya BMT bosh kotibini tashkilot nizomini buzganlikda ayblagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi