3-oktabr holatiga ko‘ra, AQSHning umumiy to‘lanmagan davlat qarzi 31 trillion dollardan ortiqni tashkil etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bu 1993-yildan beri mamlakat g‘aznachiligi tomonidan belgilangan qiymatlardagi davlat qarzining maksimal miqdori. O‘sha vaqtda u 4,3 trillion dollarni tashkil etgan, shundan keyin doimiy ravishda o‘sib borgan.
Natijada, 2022-yil oktabr oyi boshiga kelib, u 31,12 trln dollarga yetdi. Ushbu summadan AQSHning hukumat ichidagi qarzi 6,82 trillion dollarni, qolgan (davlat) qarzi 24,29 trillion dollarni tashkil etdi.
Mamlakat prezidenti Jo Bayden o‘tgan yil oxirida ma’qullagan joriy qarz chegarasi 31,4 trillion dollarni tashkil etadi.
Fevral oyi boshida AQSH davlat qarzi 30 trillion dollardan oshib ketgan. Bu COVID-19 pandemiyasining oqibatlariga qarshi kurashish uchun sarflangan mablag‘lar, jumladan, ishsizlik nafaqalari va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tufayli sodir bo‘lgan.
2022-yil may oyida Kongressning Budjet byurosi qarz yuki ortib ketgan taqdirda investorlar AQSHning qarzni to‘lash qobiliyatiga ishonchini yo‘qotishi mumkinligi haqida xabar bergan.
Bu foiz stavkalarining keskin oshishiga va inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi, — deya ta’kidlaydi agentlik.
Iyun oyida AQSHda inflyatsiya ko‘p o‘n yillikdagi eng yuqori darajaga yetib, 9 foizdan oshgan. Iyul oyida esa u 8,5 foizgacha, avgust oyida esa 8,3 foizgacha sekinlashdi.
Izoh (0)