Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yangiobod ixtisoslashgan bozorida ayrim shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda Qizil kitobga kiritilgan noyob turdagi qushlar va hayvonlar sotilayotgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Davlat ekologiya qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Qayd etilishicha, tarmoqdagi xabar yuzasidan qo‘mita inspektorlari hamda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat tuzilgan ishchi guruh holatni joyiga chiqib o‘rgangan.

Reyd tadbiri davomida davlat inspektorlari tomonidan 3 ta holatda noqonuniy ravishda sotilayotgan jami 63 ta toshbaqa tegishli tartibda olingan va qonuniy to‘xtamga kelingunga qadar vaqtinchalik Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan ushbu noyob hayvonlarni qonunga zid ravishda sotayotgan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida huquq tartibot idoralariga topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Yig‘lamasdan ko‘rolmaysiz: Odamlar va jonivorlar do‘stligi haqidagi eng ajoyib filmlar
Mahalliy
Toshkentda xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi o‘ldirilgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Dunyo
Ilon Mask nima sababdan Twitter foydalanuvchilari soni kamayib borayotganini aytdi