Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat konstitutsiyasiga yana bir bor o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi Meduza.

Foto: kremlin.ru

Foto: kremlin.ru

Putin 5-oktabr, chorshanba kuni anneksiya qilingan hududlar — o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari  bosib olingan Ukrainaning boshqa qismlarini “Rossiya tarkibiga qabul qilish” to‘g‘risidagi qonunlar asosida o‘zgartirishlar kiritilgan konstitutsiya matnini nashr etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Undan tashqari, yana bir farmon bilan Putin Rossiya hukumatiga Ukrainaning bosib olingan Zaporojye viloyatida joylashgan Zaporojye atom elektr stansiyasining “yadroviy inshootlarini” federal mulkka qabul qilishni topshirdi. Hujjatga ko'ra, hukumat “Zaporojye AES” federal davlat unitar korxonasini yaratishi kerak.

Mavzuga doir: Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...
Mahalliy
Nukusdagi tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda oilaviy bog‘chalar 50 nafargacha bola olishi mumkin bo‘ladi