Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab maktablarda yagona maktab formasini joriy etish talabi bekor qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, yagona maktab formasi butunlay bekor qilinmadi.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Hujjatga ko‘ra, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab to‘liq joriy etish talabi bekor qilindi. Kelgusi yillarda u bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha, ayni paytda o‘quvchilarning yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriydir. Shu bilan birga o‘quvchilar ta’lim muassasasiga maktab ustavida belgilangan ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda kiyinishlari lozim.

Yagona maktab formasi talabi. O‘zi nimalar bo‘ldi?

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov 2022/2023-o‘quv yilida yagona maktab formasi joriy etilishi yuzasidan ma’lumot bergandi. Unda 2022-yil sentabr oyidan yangi o‘quv yilida ota-onalar uchun yagona formani xarid qilishga majburiy talab qo‘yilmasligi va maktabga yagona formada kelmagan o‘quvchilarga nisbatan hech qanday e’tirozlar bildirilmasligi qayd etilgandi.

Shunday bo‘lsa-da, bu boradagi hukumat qaroriga o‘zgarish kiritilmay kelinayotgandi. Ammo vazir Baxtiyor Saidov 8-avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida maktab formasini joriy etish kechiktirilishi bo‘yicha tegishli qarorga tez orada o‘zgarishlar kiritilishini aytib o‘tgan.

Men ham vazir sifatida hukumat a’zosi hisoblanaman. Men ham xalq ta’limi vaziri sifatida, ham hukumat a’zosi sifatida o‘sha bayonotni berdim. Bayonotni berganim keng jamoatchilikning xohish-irodasi va vaziyatdan kelib chiqib qilingan bayonot edi.To‘g‘ri, avval qaror chiqqan va u kuchga ega. Qayd etishim kerak, Vazirlar Mahkamasining qarorining loyihasini tayyorlab, uni chiqarish uchun ozgina vaqt talab qiladi. Shundan kelib chiqib, albatta, bayonotda gapirilgan gaplar Vazirlar Mahkamasining boshqa qarorlar loyihasi kiritilganda, albatta, o‘zining aksini topadi.

Bu hali qilinmadi demoqchimasman, qilinib bo‘lgan, yaqinda eshitasizlar. Ya’ni bu bayonot qonuniy tarzda hujjatda ham aks etadi, — degandi xalq ta’lim vaziri Baxtiyor Saidov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi