Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi o‘z kelajagi borasida aniq qaror qabul qilgani yo‘q.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati argentinalik futbolchini ortga qaytarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Parijliklar esa 2023-yil yozda shartnomasi yakuniga yetadigan Messini jamoada olib qolishga urinadi.

Argentinalik jurnalist Veronika Brutani ijtimoiy tarmog‘iga “2023-yil 1-iyul kuni Lionel Messi ‘Barselona’ futbolchisiga aylanadi”, — deb yozib qoldirgan.

Futbolchining atrofidagilar u hali biror qaror qabul qilmaganini ta’kidlamoqda. COPE Leo JCH—2022 dan so‘ng yakuniy qarorga keladi deb yozmoqda.

2022/23-yilgi mavsum Messi Fransiya chempionatida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

35 yoshli futbolchi 2003-yildan 2021-yilga qadar kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Leo “Barselona” safida 835 ta o‘yinda ishtirok etib, 709 ta gol urgan. Ispan klubi safida 10 marta Ispaniya chempionati, 7 marta Ispaniya Kubogi, 8 marta Ispaniya Superkubogi, 4 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta UEFA Superkubogi va 3 marta klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida zafar quchgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?