Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Farhod va Shirin” dueti a’zolari Farhod va Shirin qanday tanishgani, ijoddan to‘xtab qolishlarining sababi,  Farhod Shirinning to‘yida yig‘lagani, Bobur Bobomurod bilan sudlashgani, jarimaga tortilgani, undan duo olaman deb janjal yuzaga kelgani va Farhodning 15 sutkaga qamalgani haqida tarqalgan mish-mishlarga javobi haqida gapirdi.

Farhod va Shirin qanday tanishgani va hozirgi kunda nima sababdan ijodni to‘xtatgani haqida 

“Ijodni 2011-yilning noyabr oyida boshlaganmiz. Birga institutda o‘qiganmiz. Ikkalamiz maslahat qilib duet qilishga qaror qilganmiz. Bu fikr Shiringa yoqqan. Birinchi qo‘shiqlarimizni 2011-yilda aytganmiz. Men undan oldin ijod qilmaganman. Boshqa janrda ijod qilib ko‘p xizmatlarga borganman. Lekin milliy estrada yo‘nalishidagi ijod Shirin bilan boshlangan. Kichkinaligimda maqom aytganman, chunki otam maqomni ham, fors qo‘shiqlarini, Buxoro folklorini ham yaxshi biladigan inson. Otam tarbiyalagani uchun yoshligimda ko‘p maqom aytganman. Keyin musiqa maktabiga borganman. Ijodni boshlaganimizdan keyin xalqona, milliy janrda ijod qilganmiz”, — deydi Farhod.

“Orada, ozgina tanaffus bo‘ldi. Men turmush qurganimdan keyin darrov karantin bo‘lib qoldi. Deyarli bir yarim yil uyda o‘tirdik. Oila, yangi kelin edim, orada Farhod uylandi, men farzandli bo‘ldim. Oilaga ham qo‘l uchida qaray olmaymiz. Yangi, turli xil yo‘nalishdagi va tillardagi qo‘shiqlarimiz tayyor, tez kunlarda muxlislarga taqdim etamiz”, — deydi Shirin.

Farhod: “Vaziyatning o‘zi yig‘latardi”

“Birinchidan, havo sovuq bo‘lgan. To‘yda men “Bugun seni uzatamiz” nomli taronani aytishim kerak bo‘lgan. 11-noyabr oyi edi, juda sovuq bo‘lgan. Sovuq bo‘lgandan keyin, ko‘zim achishib yoshlangan. Orqaga qarab bir-ikki marta artganimga insonlar shunaqa deyishgan, kamera ham yaqin kelgan. Masalan, men Shirinni akasi bo‘lmasam, farzandim bo‘lmasa o‘sha holatni o‘zi ta’sirchan holat edi. Tasavvur qilasiz, bir qiz yashagan uyidan begona uyga ketyapti, ota-onasi xayrlashib berib yuboryapti, vaziyatning o‘zi yig‘latardi”, — deydi Farhod.

“Bu qo‘shiqni aytishlari mening xohishim bo‘lgan. Necha yillar davomida Farhod, O‘tkir akam, ukam, akalarimdan, yaqinlarimdan biri bo‘lib shu qo‘shiqni aytishini iltimos qilganman”, — deydi Shirin.

Foto: Instagram /@farhodvashirin

Foto: Instagram /@farhodvashirin

Farhod va Shirin hech qanday jarima to‘lamagani va sudda yutib chiqqani haqida

“Biz ketamiz degandan keyin, u inson Intelektual mulk agentligiga bir nechta she’rlari bilan ariza topshirgan. Farhod va Shirinni ‘zapret’ qilinglar, ashula ayta olmasin degan. Ular bizni chaqirdi, keyin biz ularga o‘zaro kelishuvimiz bor, yil davomida ulushimizning 30 foizini ularga muntazam berib kelganmiz. Ularga esa boshqacha ma’lumot borgan: ‘Meni she’rlarimni aytishga haqi yo‘q, qarzi bor’, deb aytgan. Shunaqa gaplar bo‘lgan, keyin biz borib oydinlik kiritdik. Hammasi, prodyuserni haqi ham to‘langan, oramizda hech qanaqa shartnoma ham yo‘q. Biz og‘zaki ravishda ishlaganmiz.

Ularga tushuntirib berdik, hammasidan xabar topdi. Keyin biz ashulalarimizni aytadigan bo‘ldik, chunki sotib olingan edi. Intelektual mulkka ma’lumot kerak bo‘lgan. Biz tomonga qarshi berilgan ma’lumotlar qaysidir ommaviy axborot vositalariga berib yuborilgan. Shundan keyin u tarqalib ketdi, Intelektual mulk agentligi esa shundan keyin bu ishni sudga oshirdi. Birinchi sudda ham bizga jarima chiqarishib aybdor qilishdi. Keyin biz appellyatsiyaga berdik, apellyatsiyada ham bu narsa o‘z kuchida qoldi. So‘ngra ishni Oliy sudga oshirib yaqinda yutdik”, — deydi duet a’zosi Farhod.

“Duo so‘rab borganimizdan keyin sudga berdi”

“Shundan keyin biz O‘tkir aka bilan birga Bobur Bobomurodining uyga duo olish uchun, bu yog‘iga alohida ijod qilishni so‘rab bordik. Bu boshqachasiga ketib qoldi. Duo so‘rab borganimizdan keyin sudga berdi. Bizning bunaqa xayrlashish niyatimiz yo‘q edi. Biz boramiz, duo olamiz deb o‘ylagan edik. Biz jarima to‘lamadik”, — deydi Shirin.

“Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Uylariga borib oilalimiz, mustaqil ishlaylik deb bordik. Duo bering, shuncha ishni qilganimizga, siz ham xizmatingizga rozi bo‘ling deb bordik. Bizdan intervyu so‘rashdi, yo‘q bu shaxsiy masala dedik. Biroq sudga oshganidan keyin bu masalaning shaxsiyligi ham qolmadi”, — deydi Farhod.

Foto: Instagram /@farhodvashirin

Foto: Instagram /@farhodvashirin

Farhod 15 sutkaga qamalmagani haqida 

“Bu xabarlar yolg‘on. Farhod urushqoq emas, hayotda har xil holatlar bo‘ladi, to‘y xizmatlarida ham. Biz hamma narsani og‘ir-bosiqlik bilan hal qilishga harakat qilamiz, urush yoki janjal bilan emas”, — deydi Shirin.

Foto: Instagram /@farhodvashirin

Foto: Instagram /@farhodvashirin

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda