Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina Ispaniya va Portugaliya bilan birgalikda JCH—2030 mezbonligi uchun birgalikda ariza topshirmoqchi. Bu haqda The Times’ga tayanib “Sports.ru” xabar qilmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Pireney yarim oroli mamlakatlari rahbariyati guruh o‘yinlaridan birini Ukraina hududida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ushbu hamkorlik borasida UEFAning 5-oktabr kungi konferensiyasida e’lon qilinishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Ukrainaning qo‘shilishi Ispaniya va Portugaliyaning JCH—2030 mezbonligini qo‘lga kiritishdagi imkoniyatlarini oshirib yuborishi mumkin.

Ispaniya va Portugaliya 2030-yilgi Jahon Chempionatini o‘zida o‘tkazishga da’vogar bo‘lganlardan biri.

Avvalroq ushbu musobaqa mezbonligi uchun Urugvay, Argentina, Chili va Paragvay birgalikda ariza topshirgani, shuningdek, Saudiya Arabiston, Misr va Gretsiya musobaqani uch mintaqada o‘tkazish istagida ekani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi