Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Urugvay, Argentina, Chili va Paragvay futbol bo‘yicha 2030-yilgi Jahon Chempionatini birgalikda o‘tkazish uchun ariza topshiradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu haqida Urugvay futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi. 2-avgust kuni Janubiy Amerika vakillari FIFAga rasmiy arizani taqdim etadi.

Bu yo‘lda ularga Ispaniya va Portugaliyaning birgalikdagi arizasi raqobatchi bo‘ladi.

Qayd etish kerak, ilk Jahon Chempionati 1930-yilda Urugvayda bo‘lib o‘tgan, Argentina 1978-yil, Chili 1962-yilda mundialga mezbonlik qilgan. Paragvay hali musobaqa o‘yinlarini o‘zida o‘tkazmagan.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2022 musobaqasida Qatarda bo‘lib o‘tadi. 2026-yilgi mundialga esa AQSh, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg