Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida 4-oktabr kuni Budapesht shahrining Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, davlat rahbari Vengriya davlatchiligini barpo etishga hissa qo‘shgan arboblar xotirasiga hurmat bajo keltirgan. Marosim faxriy qorovul xizmatchilari ishtirokida, harbiy orkestr sadolari ostida o‘tgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu maskan Budapeshtning bosh maydonlaridan biri bo‘lib, YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Maydon markazida Mingyillik ustuni qad rostlagan, uning poyida mojar qabilalarining 7 nafar boshlig‘i haykallari o‘rnatilgan. Ushbu yodgorlik vengerlarning bugungi vatanini topishi va Vengriya qirolligiga asos solinishiga bag‘ishlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Majmuada venger xalqining atoqli namoyandalari haykallaridan iborat 2 ta kolonnada joylashgan. Yodgorlikning old tomonida Vengriya qahramonlari sharafiga xotira toshtaxtasi o‘rnatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi