Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suv omboriga kanalizatsiya oqova suvlari oqib tushayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Davlat ekologiya qo‘mitasi holat yuzasidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘rganish o‘tkazdi.
Qo‘mita raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Bo‘stonliq tumani Novobod mahallasidagi “Chorbog‘ oromgohi”ning yuqori hududida “Chimgonsoy” soyidan oqib o‘tuvchi suvlar avtomobil yo‘lining tag qismidagi quvur orqali suv omboriga quyilayotgani, xabarda keltirilgani kabi suv omboriga maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlari oqizilmayotgani ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan laboratoriya tahlili uchun suvdan namunalar olingan.
Ayni paytda ishchi guruhi tomonidan Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan xizmat ko‘rsatish obyektlari, tadbirkorlik subyektlari, jumladan, mehmonxonalar, pansionatlar va boshqa aholi dam olish maskanlarining oqova suvlarni tozalash holati, shuningdek, Bo‘stonliq tumanida aholi va turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish, mavjud infrastrukturani yanada yaxshilash, chiqindi to‘plash shoxobchalari va chiqindi qutilari tarmog‘ini kengaytirish masalalari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)