Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi tug‘uruqxona tasvirlangan video tarqaldi. Videoda tug‘uruq jarayonini o‘tkazgan 15 nafarga yaqin ayol va bolalar bir xonada yotganini ko‘rish mumkin.
Tarmoq foydalanuvchilari mazkur voqea haqida yozib, “Tug‘ruqxonami bu yoki odam zavodi?”, — deya savol bergan. Hamda mazkur shifoxona bosh shifokori va Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatga izoh berishi kerakligini ta’kidlagan.
“Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyev ayni paytda mazkur dargohda bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)