Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika valyuta birjasida ilk bor valyutaviy fyuchers kontraktlari bilan oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Markaziy bank “Daryo”ga axborot berdi.

Foto: rg.ru

Foto: rg.ru

Ma’lum qilinishicha, mazkur yangilik Markaziy bank va Respublika valyuta birjasi bilan hamkorligida o‘tkazilgan taqdimotda e’lon qilingan.

“Valyutaviy fyuchers kontrakti – ma’lum bir miqdordagi valyutani (bazaviy aktiv) bitim tuzilgan kundagi kelishilgan narx bo‘yicha kelgusida aniq bir kunda sotish yoki sotib olish shartnomasidir. Valyutaviy fyuchers kontraktlarining joriy etilishi o‘z navbatida valyuta bozorda yangi turdagi instrumentlarning paydo bo‘lishiga hamda bu orqali korxonalarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi shoklar ta’sirini yumshatishga imkoniyat yaratadi”, – deyiladi manba xabarida.

Tadbir davomida valyutaviy fyuchers kontraktlari, uni joriy etishdagi ahamiyatli jihatlar va birja savdolari ishtirokchilariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida yangi “UZCE mobile GB” mobil ilovasi ishga tushirilgani aytilgan. Ma’lum qilinishicha, yangi mobil ilovani joriy etishidan asosiy maqsad:

  • treyderlarga Respublika valyuta birjasidan va ish joyidan tashqarida davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish va sotib olishda masofaviy ishtirok etish imkoniyatini berish;
  • davlat qimmatli qog‘ozlari bozoriga oid birja ma’lumotlari va yangiliklaridan xabardor bo‘lish imkonini yaratish;
  • davlat qimmatli qog‘ozlari savdo jarayonlarini yanada faollashtirishdan iborat.
“UZCE mobile GB” mobil ilovasidagi mavjud imkoniyatlar davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi auksionlar parametrlariga oid ma’lumotlarni ko‘rish, kiritilgan buyurtmalarni bekor qilish, davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzish kabi afzalliklarni yaratishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ilovadan REPO bitimlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ko‘rish, birjadagi barcha ma’lumotlarni olish imkoniyati mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov