• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda “chelnok” savdosi tiklandi. Bu o‘zi nima va iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    O‘zbekistonda 2022-yilning ikkinchi choragida chelnok savdosi hajmi 90 mln dollarga yetdi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi. 

    Foto: Eurasianet / David Trilling

    Foto: Eurasianet / David Trilling
    “Chelnok” savdosi — 1990-yillarida rivojlangan xalqaro savdoning o‘ziga xos bir turi. Bu jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarining qayta sotish uchun chet eldan olib kirish.

    O‘n yillar mobaynida “chelnok” savdosi O‘zbekistonda katta hajmda bo‘lib kelgan — masalan, 2010 va 2011-yillarda u deyarli 3 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

    Barchasi 2018-yili, O‘zbekistonda tovarlarni chegaradan bojsiz olib kirish kuchaytirilganidan so‘ng o‘zgardi. 

    Xuddi shu yili shaxsiy maqsadlar uchun olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha yangi tartib kuchga kirdi. Me’yordan ortiq tovar olib o‘tilsa, yagona bojxona to‘lovi to‘lanishi kerak deb belgilandi.

    Keyingi yildayoq “chelnokchilar” jami 474,8 mln dollar hajmida savdo qilgan, 2020-yilda esa, chegaralarning yopilishi ortidan ushbu hajm 89 mln dollargacha keskin quladi.

    Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra “chelnok” savdosi 2021-yilning ikkinchi choragiga nisbatan ikki barobardan ko‘proqqa oshdi. Choraklar kesimida 2022-yilning ikkinchi choragi “chelnok” savdosi 2020-yildan beri eng ko‘p amalga oshirilgan chorak bo‘ldi.  

    Savdoning importdagi ulushi 64,5 mln dollar, eksportdagi ulushi esa 25,6 mln dollarni tashkil qildi. Bundan import o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga ko‘pdir.

    Bojxona qo‘mitasida aytilishicha, so‘ngi yillarda odamlarning biznes uchun tovarlarni “shaxsiy maqsad”da olib kirishi holatlari ko‘paygan. Shunday ekan, ushbu tovarlar sifat va xavfsizlik nazoratining tegishli jarayonlaridan o‘tishi lozim. 

    “Chelnokchilar” nimaga ta’sir qiladi?

    2021-yilning boshlarida “chelnok” savdosining to‘xtatilishi taklif va raqobatni kuchaytirgan holda, ichki bozorga kirgan mandarin narxining oshishiga sabab bo‘ldi (pandemiyagacha “chelnokchilar” O‘zbekistonga sitrus mevalari umumiy miqdorining 20 foizini olib kirishar edi).  

    Hayotiy misol 

    Karim Muhammadxo‘jayev deyarli 10 yildan beri Xitoyga qatnaydi. U yerdan choyshablar olib kelib, shu yerning bozorlarida sotadi.

    U bunday tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining kichik korxonasiga ega. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, tikib sotish Xitoydan olib kelib sotishdan ko‘ra qimmatga tushadi.

    Shu sababli “chelnok” savdosi so‘ngi yillarda sezilarli qiyinlashganiga qaramasdan, u bu ishni tashlashni istamaydi.

    Toshkentning “Ippodrom” bozorida, asosan, Xitoyda ishlab chiqarilgan Chanel va Christian Dior kabi soxta brend tovarlari, mavsumiy kiyim va aksessuarlar bilan to‘ldirilgan ko‘plab kichik do‘konlarni topish mumkin. 

    Maishiy texnika bo‘limida esa do‘kon egalari o‘z tovarlarini “Pekinda ishlab chiqarilgan” deb reklama qilishadi.

    Men Pekinga narsa xarid qilish uchun boraman, shuning uchun menda faqat eng yaxshi tovarlar, – deydi sumka, taqinchoqlar va oyoq-kiyimlar savdosi bilan shug‘ullanadigan aksessuarlar do‘koni egasi Baxtiyor Galimjonov.

    Uning so‘zlariga qaraganda, xaridorlar Pekin tovarlarini ular “zavodda ishlab chiqarilgani” bois sifatliroq deb o‘ylashadi, Urumchi va Guanchjou tovarlari esa pateogen sexlarda ishlab chiqarilgani uchun pastroq sifatga ega.  

    Pandemiya yo‘llarni to‘sib qo‘ygani tufayli narxlarni shu zahoti ko‘tarib yuborgan Xitoylik “manipulyativ” vositachilar bilan kelishishga to‘g‘ri kelganini aytadi Galimjonov.

    Men baribir Xitoy kelajagi bor, deb hisoblayman. Pandemiya tugashi bilan u mening yana ikkinchi uyimga aylanadi, – deb qat’iy ta’kidlaydi u.

    “Chelnokchilar” rasmiy vizalardan foydalanishmaydi, sababi odatda ularni olish ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi.

    Tadbirkorlarning aytishlaricha, so‘nggi yillarda Xitoyga hatto sayohat qilish uchun viza olishda muammolar paydo bo‘lmoqda, ammo ular baribir o‘z faoliyatini davom ettirishdan to‘xtamasligini bildirishadi.

    03.10.2022, 19:50   Izoh (1)   18436
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5513688231@telegram.org / 03.10.2022, 20:03

      Qanday ishga borsak buladi koreyaga
      Qayerga murojat qilsam buladi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa Ittifoqi lotsmanlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmoqchi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

    03.10.2022, 17:46

    Narxlar o‘sishi tezlashdi: O‘zbekistonda inflyatsiya yana 1 foizga qaytdi

    03.10.2022, 13:26

    Bir yillik ish staji, ingliz tilini bilish: O‘zbekistonda ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalar qanday?

    03.10.2022, 13:00

    Energiya inqirozi: Yevropada sovuq qish kutilmoqda

    03.10.2022, 12:12

    O‘zbekistonda avtomobillar ko‘proq qaysi hududlarda ijaraga olinishi ma’lum bo‘ldi

    03.10.2022, 11:52

    Sanksiyalar fonida Turkiyaning Rossiyaga eksporti yangi rekord darajaga ko‘tarildi

    01.10.2022, 08:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.