Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Akademik Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida maymunjonning 3 ta: “Texas”, “Chester” va “Chaster Tornless” navlarining qimmatli xo‘jalik-biologik xususiyatlari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada “May Agro” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda ishlanmoqda.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, “May Agro” fermer xo‘jaligi 2019-yilda tashkil topgan bo‘lib, 1 gektar yer maydoniga maymunjon o‘simligining “Chester” navini o‘stirmoqda. Ushbu nav 3×1,20 sm sxemasida ekilgan bo‘lib, tomchilatib sug‘orish tizimi yordamida sug‘oriladi. Institutning “Mevali ekinlar seleksiyasi va nav o‘rganish” bo‘limi ilmiy xodimlari fermer xo‘jaligiga borib, doim o‘z maslahatlarini berib borishadi. Tuproq tahlillarini o‘tkazish hamda mevalarning kimyoviy tarkibini o‘rganishda amaliy yordam berishadi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Maymunjon – malina avlodidan bo‘lgan o‘simlikdir. O‘zbekistonda daryo bo‘ylarida, sug‘orish shahobchalari yoqalarida juda ko‘p o‘sadi. Madaniy holda kamdan-kam uchraydi. Maymunjon mevasining tarkibida har xil vitaminlar mujassam, masalan: karotinoid, foliy kislotasi (vitamin B9), C vitamini, K vitamini hamda oz miqdorda E vitamini mavjud. Bundan tashqari maymunjon mevasida minerallardan kaliy, mis, kalsiy, magniy va sink bor.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Maymunjon ildiz bachki chiqarmaydi, yer bag‘irlab o‘sadigan novdalari esa bo‘g‘imlaridan yoki uchlaridan ildiz otadi va yangi tupchalar hosil qiladi. Maymunjonning yirik mevali serhosil navlari I.V.Michurin tomonidan ixtiro qilingan. Bu navlar ba’zi havaskorlar barpo etgan bog‘larda o‘sadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)