O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatga qiymati 187 million dollarga teng bo‘lgan 177 ming tonna polietilen eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, polietilen eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,2 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p polietilen eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Turkiya – 61 ming tonna;
- Xitoy – 35 ming tonna;
- Latviya – 32 ming tonna;
- Rossiya – 23 ming tonna;
- Qozog‘iston – 15 ming tonna;
- Buyuk Britaniya – 3,8 ming tonna;
- Gruziya – 2,5 ming tonna.
Izoh (0)