Andijon viloyati Asaka tumanining sobiq hokimi Mansur Alixonov 27-sentabr kuni lavozimdan olingan bo‘lsa-da, 30-sentabr kuni unga mukofot puli ajratilgan. Bu haqda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Oybek Zaynobiddinov farmoyishida keltirib o‘tilgan.
Andijon viloyati Adliya boshqarmasining munosabat bildirishicha, Zaynobiddinovning farmoyishiga binoan tuman hokimligi xodimlariga 2022-yil III chorak yakunlari bo‘yicha mukofot puli berilishi belgilangan. Mukofot puli joriy yilning 27-sentabr kuni vazifasidan ozod etilgan Asaka tumani hokimi M.Alixonovga ham to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur farmoyish Adliya boshqarmasi aralashuvi bilan bekor qilingan.
Izoh (0)