Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Superliga 20-turi doirasida “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsdagi g‘alabadan (1:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Nasaf”

Foto: “Nasaf”
O‘yin haqida

90 daqiqa balki undan ham ko‘proqdir e’tiborni yo‘qotmasdan o‘ynadik. Himoyada tartibli o‘ynab “Paxtakor”ga vaziyat yaratishga imkon bermadik va qarshi hujumda judayam yaxshi harakat qildik. Ishtiyoq, taktik va jismoniy tomonlama raqibdan ustun keldik, shu sababli g‘alaba qozondik.

Aliqulov va Mozgovoyning to‘qnashib ketgani borasida

Ular havodagi kurashlarda yaxshi o‘ynaydi. Birinchi navbatda ikkalasi maydonni tark etishidan qo‘rqdim. Sababi “Paxtakor” ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydi va Aliqulov bu bahsda juda zarur edi. Shukrki o‘sha vaziyat biz uchun yaxshi tugadi va har ikkala futbolchi to‘liq o‘ynadi.

Mateus Lima Kruzning o‘yini haqida

Albatta, jamoaga yordam berdi, ko‘p mehnat qildi. To‘g‘ri, Lima Kruz boshida kelganida jamoa o‘yiniga kirishib ketishiga vaqt kerak edi. Jismoniy holatini ham yaxshilab olishimiz kerak edi. Uning va barcha futbolchilarning o‘yinidan qoniqdim. Ular maydonda katta ko‘lamdagi ishni bajardi. Himoyada hech qanday xatosiz o‘ynadik.

“Paxtakor” yetakchilariga qarshi personal o‘yin haqida

Cheran, Banashak, Hamrobekov va Alijonovga personal o‘ynadik. Hamrobekovga qarshi Bozorovni qo‘ydik, bu o‘zini oqladi. Hamrobekov birorta hujum boshlab bermadi. Ikkita markaziy yarim himoyachi esa Cheranni to‘xtatib qoldi. Himoyachilarimiz Banashakni yaxshi yopdi.

“Nasaf”ning bosimga qay darajada tayyor ekani borasida

Bosimga yigitlar ko‘nikib bormoqda. Ruhan ham o‘sib boryapti. Bosim katta bo‘lgan o‘yinlarda harakat qildik: bu o‘yinda, OCHL pley-off, OCHL guruh bosqichi o‘yinlari. Yigitlar bu o‘yinlarda bosimga bardosh berdi.

Kubok yoki chempionatdan birini tanlashga to‘g‘ri kelib qolish ehtimoli haqida

Oldimizda chempionat o‘yinlari va kubok o‘yinlari ham bor. Zaxira imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanib har ikkala frontda oxirigacha kurashamiz.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

Ushbu o‘yindan keyin “Nasaf” 41 ochko bilan peshqadamga aylandi va eng yaqin ta’qibchi “Paxtakor”ni (38) uch ochko ortda qoldirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi