Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Indoneziya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Arema” — “Persebaya” uchrashuvida (2:3) fojia yuz berdi.

Malangadagi “Kanjuruhan” stadionida o‘tgan derbi vaqtidagi tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘lgan, deya xabar qilmoqda “Sport-Ekspress”.

O‘yin yakunlanganini bildiruvchi hushtakdan so‘ng xavfsizlik xizmati “Persebaya” futbolchilarini maydondan olib chiqib ketgan. Muxlislar maydonga chiqib kelgan, ishqibozlar va politsiya o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Muxlislar xavfsizlik xizmati vakillariga qarata turli buyumlarni uloqtirgan, bunga politsiya “dubinka” va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanish bilan javob bergan.

Bu olomon ichida vahima keltirib chiqargan, muxlislar qochishni boshlagan va shu bois tiqilinchliklar yuzaga kelgan. Ko‘plab muxlis hushini yo‘qotgan va olomonning oyoq ostida qolgan.

Qayd etilishicha, ko‘plab odam gaz tufayli nafas olishda muammoga duch kelgan, “Arema” futbolchilari esa hushini yo‘qotgan shaxslarni maydondan olib chiqishga yordam bergan.

Voqea tufayli Indoneziya chempionatining 11-tur o‘yinlari qoldirilgan. Mamlakat futbol assotsiatsiyasi esa “Arema”ga mavsum yakuniga qadar o‘z maydonida o‘yin o‘tkazishni taqiqlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...