Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani IIB xodimiga tegishli deb izohlangan audio yozuv tarqalib jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Viloyat prokuraturasi u ushlanganini e’lon qildi.

Viloyat IIBB matbuot xizmati audio yozuv tegishli ekani aytilayotgan fuqaro A.Sulaymonov (1992-yilda tug‘ilgan) 2022-yilda Oqqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilinib, xizmat faoliyati davomida o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatgani va noo‘rin xatti-harakatlari sababli 30-avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilganini ma’lum qilgandi.

Prokuratura ham buni tasdiqlab, sobiq xodim ichki ishlar xodimi degan nomga noloyiqligi hamda noo‘rin xatti-harakatlari sababli ichki ishlar organlaridan bo‘shatilganini bildirdi.

Qayd etilishicha, unga nisbatan 2-oktabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi sifatida JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi