Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri 1-sonli viloyat perenatal markaziga olib borilgan homilador ayolga vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sabab bolasi vafot etgani haqida xabar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
“Tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)