Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishini tan olmaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi saytidagi bayonotda aytiladi.

Foto: Anadolu

Foto: Anadolu

“2014-yilda egallagan pozitsiyamizga muvofiq, biz Rossiyaning Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarini anneksiya qilish haqidagi qarorini rad etamiz”, — deyiladi bayonotda. Turkiya vazirligining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat bu qarorni qoralaydi, chunki bu xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

Bundan tashqari, Anqara tomonlarni tinch yo‘l bilan muzokaralar olib borishga chaqirdi.

Yangi hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi haqidagi kelishuv 30-sentabr kuni Kremlda imzolangan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda LXR va DXR rahbarlari Leonid Pasechnik hamda Denis Pushilin, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlari rahbarlari Vladimir Saldo va Yevgeniy Balitskiy tegishli hujjatlarni imzoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)