Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 8-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Bavariya” 30-sentabr, juma kuni “Bayer”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Myunxenliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Leroy Sane, Jamal Musiala, Sadio Mane va Tomas Myuller uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Bavariya” ochkolarini 15 taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. “Bayer” 5 ochko bilan 16-pog‘onadan joy oldi.

Bundesliga

8-tur bahsi

30-sentabr, juma

“Bavariya” — “Bayer” 4:0

Gollar: 1:0 – 3 Sane, 2:0 – 17 Musiala, 3:0 – 39 Mane, 4:0 – 84 Myuller.

“Bavariya”: Noyer, Pavar, Upamekano (Mazraui, 81), de Ligt, Devis, Zabitser (Goretska, 65), Kimmix, Myuller, Mane (Gnabri, 65), Sane (Shupo-Moting, 74), Musiala (Gravenberx, 81).

“Bayer”: Gradeski, Kossunu, Ta, Tapsoba, Bakker (Inkapie, 46), Frimpong (Arangis, 46), Demirbay, Andrix, Hadson-Odoi (Adli, 61), Shik (Azmun, 61), Diabi (Glojek, 74).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi