Afsonaviy italiyalik darvozabon Janluiji Buffon hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi besh darvozabonini sanadi.
Buffon “Real” darvozaboni Tibo Kurtuani eng yaxshi darvozabonlar ichida birinchi o‘ringa qo‘ydi. Ikkinchi o‘rindan esa “PSJ” sharafini himoya qilayotgan Janluiji Donnarumma joy oldi. “Bavariya” posboni Manuel Noyer esa uchinchi pog‘onani egalladi.
“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak va “Milan” a’zosi Mayk Menyan Jijji ro‘yxatida to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni band etdi.
Eslatib o‘tamiz, 44 yoshli Buffon hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Hozirda darvozabon B Seriya vakili “Parma” sharafini himoya qiladi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2024-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum Buffon “Parma” safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Izoh (0)