Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi banan zamburug‘i butun jahon bo‘ylab tezlik bilan tarqalmoqda. Zamburug‘ Afrikani o‘n yil avval ham zararlagan edi, hozir esa u juda tez tarqalib boryapti. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Bu Vageningen (WUR) va Utrext universitetlari  o‘tkazgan genetik tadqiqotlarda  tasdiqlandi. 

O‘simliklar patologiyasi professori Gert Kema va uning hamkasblari kasallik Afrikaning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotganini aytishmoqda.

TR4 dominant shtammi banan yetishtiruvchi fermerlar plantatsiyalarini zararlamoqda. So‘nggi o‘n yil ichida kasallik Osiyo va Janubiy Amerikaga ham tarqaldi.

Tanzaniya, Malavi, Uganda va Ruanda kabi mamlakatlarda banan millionlab odamlar uchun asosiy oziq-ovqat hisoblanadi. 

Ular, ko‘pincha, butun jahon bo‘ylab supermarketlarda sotiladigan “Kavendish” bananlarini, shuningdek, mahalliy navlarni yetishtirishadi. 

Professor Gent Kemaning aytishicha, navlarning hammasi ham TR4 ga sezgirmi-yo‘qmi, bu ma’lum emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kasallik mazkur mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda deyarli barcha bananlar Ekvadordan keltirilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...
Mahalliy
Nukusdagi tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda oilaviy bog‘chalar 50 nafargacha bola olishi mumkin bo‘ladi