Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahlo Ahmedova Turkiyaning Istanbul shahrida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xoliqjon vayner Tesla avtomobilini xarid qildi.

Lola turmush o‘rtog‘i bilan Toshkentda tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Zarina Nizomiddinova ham Toshkentda turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan videosini e’lon qildi.

Xonanda Yulduz Turdiyeva sahifasiga yangi suratini joyladi. Shuningdek, u qaynopasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab samimiy tilaklarini bildirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova konsert dasturiga tayyorgarlik jarayonlari aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Shuningdek xonanda Nilufar Usmonova 29-sentabr kuni ilk marta ona bo‘lgan kunini nishonladi. Uning to‘ng‘ich farzandi Saida’zamxon 18 yoshni qarshi oldi.

Dilso‘z Istanbulda tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktyor Botir Imomxo‘jayev sahifasiga o‘zbek kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan marhum aktyor Ergash Karimovning qiyofadoshi bilan tushgan videosini joyladi.

“Oybek va Nigora” duetining xonandadi Nigora muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Umidaxon ham muxlislariga Turkiyaning Istanbul shahridan ko‘rinish berdi.

Aktyor Alixan sahifasiga hamkasbi Zarnigor G‘aniyeva bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Jahongir Otajonov shogirdlari uni tug‘ilgan kuni bilan qanday tabriklaganini muxlislariga namoyish qildi.

Aktrisa Bahora Arslonova yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi va erta tongdan qovun yeyishning o‘zgacha gashti borligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mahoratli raqqosa Parizoda muxlislariga turmush o‘rtog‘i Istanbulda unga musiqiy fotoportret va shu bilan birga kutilmagan sovg‘a tayyorlagani aks etgan videoni ko‘rsatdi.

Sitora Farmonova sahifasiga instabloger Ruxsora, “Karavan” guruhining a’zosi Karina Gaziyants bilan tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi. Shuningdek aktrisa muxlislaridan liboslarning rangiga e’tibor berishini so‘ragan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova tojikistonlik xonanda Daler Nazarov bilan uchrashdi.

Xonanda Sardor Toirov yangi suratini sahifasiga joyladi va muxlislariga suratda odatlaridab biri aks etgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyev dahshatli avariyaga uchradi.  Voqea 29-sentabr kuni taxminan soat 23:00 da Yunusobod tumanida yuz bergan. U BMW avtomashinasini Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda tan jarohatlari olgan Zohid va uning ikki do‘sti kasalxonaga yotqizilgan, 1994-yilda tug‘ilgan yana bir do‘sti voqea joyida vafot etgan.

“Ummon” guruhining yana bir a’zosi Shohrux Zohidning ahvoli haqida ma’lumot berdi. U o‘rtog‘ining ahvoli stabillashganini, hammasi yaxshi ekanini aytgan va xonandani duo qilayotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirgan.

Zohid Risqiyev ishtirokidagi mudhish avtohalokat haqidagi so‘ngi ma’lumotlar oshkor qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, Zohid Risqiyevga “bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati, chap yelka sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, koma 1-2 daraja” tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar hozirda xonandaning ahvoli o‘ta og‘ir ekanini ma’lum qildi.

Sevinch Mo‘minova Masjid al-Haromda ota-onasi va singlisi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova endi seriallarda suratga tushmasligini va bundan keyin faqat Instagram, YouTube’da faoliyat yuritishi haqida muxlislariga gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi