Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uzbekistan Airports test rejimida Telegram bot ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Airports

Foto: Uzbekistan Airports

Ta’kidlanishicha, ushbu Telegram bot real vaqt rejimida barcha xalqaro va ichki reyslar, shuningdek, jadvaldagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib boradi.

Botni ishga tushirgan har bir foydalanuvchi mavjud ro‘yxatdan aeroport, terminal, uchib ketish yoki uchib kelish va o‘ziga kerakli yo‘nalishni tanlashi mumkin.

Shundan so‘ng, bot parvoz haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi: uchish vaqti, reys raqami, parvoz holati va yo‘nalishi, tashuvchi aviakompaniya va ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kelajakda funksionallikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Parvozlar holatining o‘zgarganligi, poytaxt aeroporti terminallari o‘rtasida qatnovchi avtobuslar jadvali, shuningdek, yuqori darajadagi komfort zallari uchun masofaviy to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy qilinadi.

Telegram bot rus va o‘zbek tillarida faoliyat yuritmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)