Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqinda Gollivud yulduzi Tilda Suinton va Idris Elba ishtirokidagi “Uch ming yillik sog‘inch” fantastik filmi katta ekranlarga chiqdi. Ushbu filmda Turkiyaning “Sevgi iztirobi”, “Taqiqlangan sevgi” va bir qancha seriallardagi rollari bilan tanilgan turk aktrisasi Zerrin Tekindor ham suratga tushdi. Aktrisaning ushbu filmga qanday qilib suratga tushgani haqida gapirishdan oldin, sujet haqida gapirib o‘tish joiz.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Film sujeti haqida

Britaniyalik tilshunos Aleteya o‘z ma’ruzalarini o‘qishi uchun Londondan Istanbulga keladi. Ayol aeroportda sirli mavjudotni ko‘ra boshlaydi va u ko‘plab yodgorlik do‘konlarining biridan shisha idish sotib olib, uni yuvishga harakat qilganda, oldida haqiqiy jin paydo bo‘ladi. Aleteya uchta tilakni bildirishga shoshilmaydi, u ko‘proq jinning hikoyasini tinglashga qiziqadi. Jin o‘z hikoyasini shishadan birinchi ko‘rinishi bilanoq boshlaydi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Turkiya

Filmdagi barcha voqealar Turkiyada sodir bo‘ladi. Aleteya Istanbuldagi yodgorlik do‘konidan shisha idish topib oladi va uning ichidan chiqqan jinning hikoyalari Turkiya tarixidagi turli davrlarda, shu jumladan, Sulton Sulaymon davrida sodir bo‘ladi.

Foto: “Yandeks Dzen“

Foto: “Yandeks Dzen“

Turk aktrisasi Zerrin Tekindor roli to‘g‘risida

Zerrin Tekindor bu filmda Sulton Ahmadning bevasi Ko‘sem rolini o‘ynaydi. Filmdagi asosiy voqealar uning o‘g‘li Murod haqida, sujetga ko‘ra, u jinning ovozini eshitadi va uni ozod qilishni so‘raydi, shuning uchun aktrisaning ushbu loyihada juda kichik, ammo unutilmas roli bor.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi