Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Zamonaviy kir yuvish mashinalari har qanday turdagi matolardagi dog‘larni ketkazishga yordam berishi mumkin. Biroq yana bir muhim masala bor, qanday kiyimlarni kir yuvish mashinasida yuvmaslik kerak? “Noviy ochag” nashri kir mashinasida yuvmaslik kerak bo‘lgan kiyimlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Yumshoq yostiqlar

Bo‘yinning egri chizig‘ini va boshning holatini o‘zida saqlab qoladigan yostiqlarning faqat yorlig‘ida ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, kir yuvish mashinasida yuvish mumkin. Aks holda, ularning sifatiga zarar yetadi va bundan keyin yangi yostiqlarni sotib olishingiz kerak bo‘ladi.

Yostiqlarni qanday yuvish kerak? Birinchidan, plomba sun’iy va gipoallergenik bo‘lganligi sababli, ular boshqa yostiqlarga qaraganda uzoqroq vaqt tozaligini saqlab qoladi. Mutaxassislar dog‘larni shunchaki qo‘l bilan artishni tavsiya qiladi. Agar mahsulot yorlig‘ida “qo‘lda yuvish” rejimi bo‘lsa, uni suv bilan to‘ldirilgan havzaga yoki hammomga botiring va suvga gipoallergenik, hidsiz suyuqlikni qo‘shing. Keyin yostiqni muloyimlik bilan qoqib tashlab, shamol aylanib turadigan xonada quriting.

Uy hayvonlarining juni bo‘lgan kiyimlar

Kiyimdagi junni qo‘l bilan olib tashlash qiyin bo‘lishi mumkin, biroq agar uni kir yuvish mashinasida yuvsangiz, sifat yanada yomonlashishi mumkin. U kiyimlarga teng ravishda tarqaladi, barabanga yopishib qoladi va shuningdek kir yuvish mashinasining filtrini yopib qo‘yishi mumkin.

Jun yopishib qolgan kiyimlarni qanday yuvish kerak? Kir yuvish mashinasiga kiyimlarni solishdan oldin undagi junlarni olib tashlang. Bu holatda yopishqoq rolik yaxshi samara beradi, agar u bo‘lmasa, namlangan rezina qo‘lqop yordamida junlarni olib tashlang. Agar bu holatdan keyin ham jun qolsa, kiyimni eng past haroratda dazmollashga harakat qiling. So‘ngra kiyimlarni yorliqda ko‘rsatilganidek yuving.

Kashtali yoki bezakli kiyimlar

Kir yuvish mashinasi kiyimlardagi zargarlik buyumlariga zarar yetkazishi mumkin. Yelimlangan elementlari bor kiyimlarni kir yuvish mashinasiga solmaslik kerak — ular baraban yoki filtrga zarar yetkazishi mumkin. Elementlar boshqa narsalarning tugmalari yoki fermuarlariga yopishib qolishi mumkin.

Kashtali va bezakli kiyimlarni qanday yuvish kerak? Yaxshisi, bunday kiyimlarni qo‘lda yuvish kerak. Agar ba’zi kiyimlarning yorliqlariga “faqat kimyoviy tozalash mumkin” deb yozilgan bo‘lsa, uni kimyoviy tozalashga olib boring va tozalovchilardan uni boshqa mato bilan o‘rashini so‘rang.

Katta hajmga ega narsalar

Odeyalni kir yuvish mashinasiga joylashtirish qiyin bo‘lsa, uni majburlab solmang. Barabanning normal aylanishi va dog‘lar yuvilishi uchun kiyimlarga joy kerak. Bu holatda kiyimning sifatini ham, kir yuvish mashinasini ham buzishingiz mumkin.

Katta hajmli narsalarni qanday yuvish kerak? Katta hajmli kir yuvish mashinasini toping. Biroq yaxshisi narsalarni kiyimlarni kimyoviy tozalashga olib borgan ma’qul.

Baxmal, jun va velvet matodan tikilgan kiyimlar

Nozik matolardan tikilgan kiyimlar kir yuvish mashinasida yuvilganda sifatini yo‘qotadi: kiyimda katishkalar, ilgaklar va hatto teshiklar paydo bo‘ladi.

Bu matodan tikilgan kiyimlarni qanday yuvish kerak? Agar kiyimning sifati buzilmasligiga ishonsangiz, ularni qo‘l bilan yuving. Buni quyidagicha tekshirish mumkin: kiyimdagi kichik joyni namlang va uning ustiga oq mato bosing. Agar mato dog‘ bo‘lsa, bu kiyimlarni kimyoviy tozalashga berish kerak.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr
Dunyo
Bayden: “Putin Ukrainadagi urushni tugatishga qiziqish bildirsa, u bilan gaplashishga tayyorman”