• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    O‘qituvchilar kuniga beriladigan qanday sovg‘alar pedagoglarning quvonchiga emas, hayratiga sabab bo‘ladi? (foto)

    Sovg‘a tanlash har doim qiyin. Qarindosh va yaqin do‘stlar uchun ham ba’zan narsalar uzoq vaqt qidiriladi. Bu borada ayniqsa, o‘qituvchilarga eng neytral sovg‘alar taqdim etiladi, balki tanlangan sovg‘a original ko‘rinishi mumkin. Lekin bu o‘qituvchilarni xafa qiladi. AdMe nashri ko‘proq ustozlarning xursandchiligiga emas, balki ajablanishiga sabab bo‘ladigan noodatiy sovg‘alar haqda so‘z yuritdi.

    Yegulik

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mevali kompozitsiyalar ko‘plab o‘qituvchilar uchun faqat hayratga sabab bo‘ladigan sovg‘adir. Go‘yoki o‘quvchilarning ota-onasi ularni ovqatlantirishga harakat qilayotgandek tuyiladi. Shuningdek, ularga shirinlik sovg‘a qilinsa ham yoqmaydi. Birinchidan, bunday sovg‘a juda ko‘p beriladi. O‘qituvchilar esa shunchaki ko‘p shirinlik iste’mol qilmasligi mumkin, chunki bu sog‘liq uchun ham zararli. Ikkinchidan, bayramlar arafasida muddati o‘tib ketgan shirinliklar ham do‘konlarda sotilishini hamma yaxshi biladi.

    Kundaliklar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Turli bayramlarda o‘qituvchilarga eng ko‘p beriladigan yana bir sovg‘a. Kundaliklarni to‘plashdan foyda yo‘q. Odatda odam uzoq vaqt davomida bitta kundalikdan foydalanadi. Qolganlari shunchaki chang to‘playdi. Shuni yodda tutish kerakki, hamma ham kundaliklardan foydalanmaydi, ayniqsa hozir, kompyuter va smartfonlar asrida. Nihoyat bunday sovg‘a oddiy ko‘rinishi va hatto bu o‘qituvchini xafa qilishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘qituvchini faqat bitta rolda ko‘radi va ularning fikriga ko‘ra, uning hayotda maktab ishlaridan boshqa ishi yo‘q.

    Choy va qahva

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Aksariyat hollarda bu sovg‘a ham o‘qituvchilarga yoqmasligi aniq. Ba’zi o‘qituvchilarning aytishicha, choy va qahva oddiy, shunchaki berilgan sovg‘alardir. O‘qituvchilarga bunday narsalar taqdim etilganda, sovg‘a egasi ustozini yaqindan bilish uchun harakat ham qilmagani aniqlashadi. Qolaversa, har qanday lazzatli choy odamga yoqmasligi, hamma ham qahva ichmasligi mumkin.

    Haykalchalar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Haykalchalar, albatta, uyni bezatishi mumkin. Lekin agar ular sifatsiz va yoqimsiz dizaynga ega bo‘lsa-chi? O‘qituvchi bunday narsalarni ko‘zga tashlanadigan joyga chiroyli mebel yoki esda qolarli suvenir sifatida qo‘ymaydi. Aksincha, uni shunchaki shkafga yashiradi. Sovg‘a, albatta, unga sevimli shogirdlarini eslatadi, lekin u bilan uyni bezatishni xohlamaydi.

    Kosmetika

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kosmetika o‘qituvchiga berish uchun juda nozik sovg‘adir. Misol uchun, qarishga qarshi krem — ranjitish uchun jiddiy sabab. Dekorativ kosmetika bilan ham xato qilish oson: lab bo‘yog‘ining markasi yoki rangi o‘qituvchiga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilarga tez-tez qo‘l kremlari beriladi. Bu juda neytral sovg‘a. Ammo ko‘pchilik bunday g‘oyaga murojaat qilganligi sababli, o‘qituvchilarda bunday sovg‘alardan bir qanchasi to‘planib qoladi va ularning barchasidan foydalanishga vaqti yetmaydi.

    Gigiyena vositalari

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Har qanday gigiena vositalari, xoh u gel, shampun yoki undan ham ko‘proq dezodorantlar, ona yoki opa-singil kabi juda yaqin odamlarga berilishi mumkin. O‘qituvchiga bunday narsalarni taqdim etish esa odobsizlikka yo‘yiladi. Bundan tashqari, qarishga qarshi kremda bo‘lgani kabi, ular bunday sovg‘adan xafa bo‘lishi mumkin: go‘yo o‘qituvchiga ko‘proq gigiyenaga e’tibor qaratishga ishora qilinayotgandek.

    Idishlar to‘plami

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    O‘rta va keksa yoshdagi o‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ishlagan yillar davomida ular sovg‘a sifatida shunchalik ko‘p idishlar to‘plamini olishganki, ularni qo‘yish uchun hatto joy topilmaydi. Turli xil to‘plamlardagi stakan va likopchalar o‘qituvchilarni unchalik ham xursand qilmaydi. Yosh o‘qituvchilar ham bunday sovg‘adan mamnun emas. Qoidaga ko‘ra, chinni idishlar odatda eski modelda bo‘lgani uchun ham foydalanishmaydi.

    Zargarlik buyumlari

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Juda qimmat sovg‘alar o‘qituvchini noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Bundan so‘ng o‘qituvchi endilikda ota-ona va o‘quvchilar oldida qarzdor ekanini his qiladi. Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini tanlash ham didga bog‘liq.

    Atir

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    O‘qituvchiga atir berish ham yaxshi fikr emas. Birinchidan, insonning didini taxmin qilib bo‘lmaydi, agar u, albatta, eng yaxshi do‘st yoki yaqin qarindosh bo‘lmasa. Ikkinchidan, hamma odamlar atirdan foydalanmaydi, ba’zilarda esa unga allergiya bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, o‘qituvchining bunday sovg‘ani noto‘g‘ri tushunish xavfi bor: atir o‘qituvchidagi hidga ishora qilinganga o‘xshaydi.

    Yumshoq o‘yinchoqlar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    O‘yinchoq yoqimli sovg‘a bo‘lishi mumkin, faqat bola yoki sevib qolgan juftliklar uchun. Biroq katta yoshli ayol yoki erkakka bunday sovg‘a berish unchalik ham to‘g‘ri emas. Bunday sovg‘a o‘qituvchiga foyda keltirmaydi. Eng yaxshi holatda, agar bolalari kichik bo‘lsa, ularga beradi.

    Garderob buyumlari

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bu kabi sovg‘larni yaqin insonlarga berish mumkin. O‘qituvchi uchun esa bunday sovg‘a tanlashda rang, uslub va o‘lcham borasida xato qilishingiz shubhasiz. Xuddi shu narsa poyabzal uchun ham amal qiladi.

    O‘qituvchilarga qanday sovg‘alar yoqadi?

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Odamlar ularni yaxshiroq bilib, sevimli mashg‘ulotlariga tegishli narsalarni berishga harakat qilsa, bu ular uchun chinakam xursandchilikdir.

    Masalan, ularga texnik qurilmalarni taqdim etish mumkin: fleshka, disk, paurbenk va boshqalar. Axir buguni kunda o‘qituvchilar ham noutbuk va telefonda ko‘p vaqt sarflaydi.

    Shuningdek, do‘konlarga sertifikatlar, madaniy tadbirlarga chiptalar, onlayn xizmatlarga obuna bo‘lish ham mazkur kasb egalariga yoqadi. Qolaversa, o‘qituvchi uchun eng yaxshi sovg‘a o‘quvchining ijodiy ishlari bo‘lishi mumkin, masalan, video tayyorlash, qo‘shiq kuylash yoki she’r yozish kabi.

    29.09.2022, 13:34   Izoh (0)   23017
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ayollar yoshini katta qilib ko‘rsatadigan makiyajdagi 10 ta xato

    29.09.2022, 12:57

    Yozgi kiyimlarning yangi ko‘rinishini saqlab qolish uchun ularni qanday saqlash kerak?

    28.09.2022, 19:52

    Kuzdagi holsizlik, tushkun kayfiyat va shamollashni bartaraf etishga ko‘maklashadigan 10 ta mahsulot

    28.09.2022, 17:48

    Qarish jarayonini sekinlashtiradigan 5 ta kundalik odat

    27.09.2022, 13:36

    Sham, sochiq va yana tashlab yubormaslik kerak bo‘lgan boshqa eskirgan narsalar

    27.09.2022, 11:58

    Qishga tayyorgarlik: olxo‘ri muzlatishning 4 usuli

    26.09.2022, 20:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Shvetsiya bilan yadroviy qurilmalar kelishuvini bekor qildi

    Dunyo | 28 iyun, 20:20

    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 28 iyun, 19:30

    Bir guruh yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:00

    “Rossiya Ukrainaning strategik shahri yaqinida 110 ming askar to‘pladi” — Kiyev

    Dunyo | 28 iyun, 19:55

    Bobir Abdiholiqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    Sport | 28 iyun, 19:46

    Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:40

    Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytadimi? Anchelotti javob berdi

    Sport | 28 iyun, 19:28

    Surxondaryodagi metan zapravkada Nexia-2 portlab ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:20

    Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:55

    “Kanada bilan savdo muzokaralari to‘xtatiladi” — Tramp (video)

    Dunyo | 28 iyun, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.